Toshkent davlat agrar universitetining “Renessans” ma’ruzalar zalida sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun universitetning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzachi talabalarga universitet hayotining ajralmas qismi bo‘lgan Odob-axloq kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi. Uchrashuv davomida quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
Akademik jarayonlarda halollik prinsiplariga rioya qilish, talaba nomiga munosib tashqi ko‘rinish hamda jamoada o‘zaro hurmatni saqlash, axborot xavfsizligi va talabaning raqamli madaniyati, ta'lim tizimida shaffoflikni ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish.
"Oliy ta’lim dargohi nafaqat mutaxassis tayyorlaydi, balki jamiyat uchun ma’naviyatli shaxsni shakllantiradi. Bizning kodeksimiz — bu cheklov emas, balki kelajakdagi muvaffaqiyatli karyerangiz uchun qo‘yilgan poydevordir" — dedi J.Lapasov o‘z nutqida.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, „Renessans” zallari haqida qoʻshimcha ma’lumotlarga ega boʻldilar. Bu kabi tadbirlar talabalarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


