Musobaqalar ayollar va erkaklar o‘rtasida shaxmat-shashka hamda voleybol sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar ostida tashkil etildi. Mazkur sport tadbirlari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylikni mustahkamlash, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport ruhini yanada yuksaltirishga xizmat qildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi: Shashka sport turi bo‘yicha
Ayollar o‘rtasida: 1-o‘rin — Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti vakili R. Yo‘ldasheva 2-o‘rin — Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti vakili M. O‘rinboyeva 3-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti vakili To‘rayeva Erkaklar o‘rtasida: 1-o‘rin — Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti vakili S. Nurmatov 2-o‘rin — Zooinjeneriya fakulteti vakili A. Mamatkulov 3-o‘rin — O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti vakili F. Ubaydullayev “Rektor kubogi” doirasida Erkak Professor-o’qituvchilar o‘rtasida sportning Shaxmat turi bo‘yicha musobaqa Musobaqa natijasi quydagilardan iborat: 1 - o’rinni Mengnarov Xolmurod Ergashevich О‘rmon xо‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti egaladi;
2 - o’rinni Rustamov Atham Axmatovich О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti, О‘simliklarni himoyasi va karantini kafedrasi egaladi;
3 - o’rinni Shodmanov Maxkam Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti qo’lga kiritdi.
“Rektor kubogi” doirasida Shaxmat sport turidan
Natijalar quyidagicha:
I oʼrinni Jamolova Lola Yusupovna, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti, Biokimyo va fiziologiya kafedrasi egaladi. II oʼrinni Abdiraximova Madina Abdurashid qizi, Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti egaladi.
III oʼrinni Janakova Durdona Ulugbekovna Meva-sabzavot va uzumchilik fakulteti, Mevachilik va uzumchilik kafedrasiga nasib etdi. Voleybol sport turi bo‘yicha (ayollar):
1-o‘rin uchun Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti hamda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoasi 3-o‘rin uchun Zooinjeneriya fakulteti hamda Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti jamoasi ertaga o‘zaro bellashadilar.
G‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan munosib tarzda taqdirlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



