logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti sport majmuasida “Talabalar ligasi” doirasida gandbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

view 7

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi hamda bir qator sport federatsiyalari hamkorligida 2025-yil 15-avgustdagi 1/15-421-Q/Q-sonli Qo‘shma qaror asosida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 12 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilishi belgilangan. Shu munosabat bilan talabalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda ularning sportdagi iqtidorini namoyon etish maqsadida fakultetlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” doirasida gandbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi hamda yakunda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin — O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti
2-o‘rin — O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
3-o‘rin — Agromuxandislik va agrotexnologiyalar fakulteti

G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy tabriklaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.