logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari “Tirik kitob” ma’rifat markazida bo‘lishdi

view 115

Toshkent davlat agrar universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish va ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida fakultet tyutorlari boshchiligida ommaviy tashriflar tashkil etildi. Xususan, Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti tyutori G.Xalikulova hamda Zooinjeneriya, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetlari tyutorlari R.Karimkulova va Z.Galayevalar tashabbusi bilan kitobsevar yoshlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan barpo etilgan zamonaviy “Tirik kitob” do‘konida mehmon bo‘lishdi.

Mazkur ziyo maskani taniqli kitobxon Xayrulla Asatov uchun maxsus loyiha asosida qurilgan bo‘lib, agentlik tomonidan do‘kon fondini boyitish maqsadida 2000 dona sara asarlar sovg‘a qilingan.
Talabalar Xayrulla Asatov bilan samimiy suhbat qurib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda mutolaa zavqi, kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr almashishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.