logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun Paxta seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutida sayyor dars tashkil etildi

view 257

Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetining Qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi professori, G.Xolmurodova rahbarligida 23-57-guruh “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish” yo‘nalishi talabalari uchun Paxta seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutida sayyor dars o‘tkazildi. Dars davomida talabalar “Fitotron” issiqxonasi majmuasida katta ilmiy xodim Sh. Sharipov ishtirokida ekinlarni issiqxona sharoitida yetishtirish, yovvoyi va yarim yovvoyi shakllarni parvarishlash hamda ularning ustida seleksion tadqiqotlar olib borish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalar PSUEAITI Biotexnologiya laboratoriyasiga tashrif buyurib, katta ilmiy xodim F.Mamedova yordamida laboratoriya sharoitida STAB usuli orqali o‘simlik to‘qimasidan genom DNKsini ajratish jarayonini kuzatdilar. Ushbu usulning yuqori samaradorligi va aniqligi ta’kidlab o‘tildi.

Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar o‘z qo‘llari bilan PSR tahlili o‘tkazish hamda o‘simlik barg qismidan DNK ajratib olish bosqichlarini sinovdan o‘tkazib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.