Talabalarimiz uchun yaratilayotgan zamonaviy va qulay imkoniyatlar qatoriga yana bir muhim yangilik qo‘shildi. Endilikda universitet talabalari “Huquq maktabi” mobil ilovasi botidan foydalanish orqali huquqiy bilimlarini mustahkamlash va bepul maslahat olish imkoniga ega bo‘ladilar.
MA’LUMOTNOMA
HUQUQ MAKTABINING VAZIFALARI
Mazkur bot orqali foydalanuvchilar huquqiy mavzulardagi o‘quv materiallari bilan tanishish, normativ-huquqiy hujjatlar bazasidan foydalanish, qiziqarli viktorinalar orqali bilimlarini sinab ko‘rish hamda zarur holatlarda huquqiy maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:
