Tanlov doirasida yosh innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari va zamonaviy ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z g‘oyalari va yechimlarini taqdim etdilar. Tadbirni Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov ochib berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida fikr almashdilar. Ma’lumot o‘rnida, tanlovda Astraxan davlat universitetining Toshkent viloyatidagi filiali, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti vakillari ishtirok etmoqda.
Tanlov yoshlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, agrar sohada ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



