Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov AQShning Arizona universiteti professori Ricky Salazar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va PhD dasturlarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, TDAU mutaxassislari va talabalarining ingliz tili salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro metodikalarga asoslangan o‘quv dasturlarini joriy etish takliflari ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlarni amaliyotga tatbiq etish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ingliz tili ta’limini rivojlantirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


