logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti va Eron Islom Respublikasining Ozod Islom universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

view 164

Toshkent davlat agrar universitetida Eron Islom Respublikasining Ozod Islom universiteti Guliston viloyati filiali rektori Sayyed Ali Tohiriy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, har ikkala universitetdan 10 nafardan talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarni o‘tkazish, shuningdek, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalarida kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida Toshkent davlat agrar universiteti va Eron Islom Respublikasining “Ozod Islom Universiteti” o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot hamkorligini yanada mustahkamlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va yosh olimlar salohiyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.