Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi doirasida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish maqsadida “Fruit House Organics” MCHJ bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi. Mazkur kelishuv O‘zbekiston bog‘dorchilik sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib boriladi: Talabalar, magistrlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun bog‘dorchilik bo‘yicha mahorat darslari tashkil etish, Ko‘chatchilik xo‘jaliklarida ko‘rgazmali va sayyor darslar o‘tkazish, Universitet o‘quv-tajriba xo‘jaligida ko‘chatchilik plantatsiyasi barpo etish va uni tijoratlashtirish, Ijtimoiy tarmoqlarda hamkorlikda mediaresurslar joylash, targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv adabiyotlari yaratish. Ma’lumot o’rnida, “Fruit House Organics” MCHJ asoschisi, TDAU bitiruvchisi Shuhrat Abrorov 2000–2006 yillarda universitetda tahsil olib, AQShning Kaliforniya shtatidagi “Family Tree Farms” kompaniyasida tajriba orttirgan. Keyinchalik USAID loyihalarida faoliyat yuritib, O‘zbekistonda zamonaviy bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.
Shuningdek, U 2019-yilda fransiyalik olim Fabian Martel bilan hamkorlikda “Fruit House Organics” kompaniyasini tashkil etgan bo‘lib, bugungi kunda 50 dan ortiq mamlakatlarda o‘z tajribasini o‘rganib, O‘zbekiston bo‘ylab 2500 gektar mevali bog‘larda agronom-konsultant sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



