Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov boshchiligida Janubiy Koreyaning “ENVELOPS CO., LTD” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Sung Yoon bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum “Carbon-Free Cotton APV Nexus Project” — ya’ni uglerodsiz paxta yetishtirishning innovatsion loyihasini amalga oshirishga qaratilgan. Loyiha quyosh energiyasi va zamonaviy gidroponik texnologiyalar asosida paxta yetishtirishni rivojlantirishni nazarda tutadi. Loyiha doirasida 10 megavatt quvvatga ega agrivoltaik (quyosh energiyasi asosidagi) tizim, zamonaviy gidroponik aqlli fermer xo‘jaliklari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik qishloq xo‘jaligida innovatsiya, ekologik barqarorlik va energiya samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu loyiha Nobel mukofoti laureati Rae Kwon Chung tashabbusi bilan ilgari surilgan bo‘lib, ENVELOPS CO., LTD kompaniyasining Bosh ijrochi direktori Sung Yoon tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Janubiy Koreya hukumati loyihaga 1 mln dollar ajratilishi rejalashtirilgan
Ijtimoiy tarmoqlar:


