favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy delegatsiyasi o’rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi

view 22

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy suv resurslari va gidroenergetika tadqiqot instituti hamda “Beijing HRUNAN Technology Co., LTD” kompaniyasi vakillari ishtirokida yangi hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tashrif doirasida Xitoy Suv Resurslari va Gidroenergetika Tadqiqot Instituti, Beijing HRUNAN Technology Co., LTD hamda Toshkent Davlat Agrar Universiteti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida tomonlar ilmiy-amaliy va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suvni tejash, hisoblash va boshqarish sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar. Uchrashuvda tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalar asosida agrotexnik yechimlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashdilar hamda bu borada qo‘shma tadqiqotlar va tajriba loyihalarini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladilar.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.