Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu ro‘yxatga olish jarayoni orqali yurtimizda aholining demografik holati, ijtimoiy farovonligi, qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasi hamda fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar bazasini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda Qibray tumanidagi mahalla “yettiligi” xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir davomida ro‘yxatga olish ishlari mazmuni, uning amaliy ahamiyati hamda aholiga qulaylik yaratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Seminarda Toshkent davlat agrar universiteti “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi o‘qituvchisi Jumaniyozov Sirojiddin Azimboy o‘g‘li ishtirok etib, ro‘yxatga olishning statistik va tahliliy jihatlari, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashda zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir ishtirokchilari uchun ro‘yxatga olish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash usullari haqida ham muhim tushunchalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

