O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi hamkorligida 2-11 dekabr kunlari Toshkent shahridagi “Anhor lokomativ” bog‘ida oltinchi marotaba “Asal bayrami” milliy asalarichilik hamda oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilmoqda. Toshkent davlat agrar universiteti o‘zining turli xildagi asal namunalari hamda asalarichilik sohasida ishlatiladigan asbob-uskunalar va jihozlarini namoyish etmoqda. Shuningdek, Zooinjeneriya (asalarichilik) ta’lim yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari ham munosib ishtirok etmoqda.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), qirg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jalik tadqiqotlari xalqaro markazi (IKARDA), shuningdek, Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyadan nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda. Respublikamizning barcha hududlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub’ektlar va sohaning 1500 ga yaqin tajribali mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari ham ko‘rgazmada qatnashmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


