favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari — “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida!

view 36

2025-yil 19–21-iyun kunlari poytaxtimizdagi “CAEx Uzbekistan” majmuasida ekologik texnologiyalar bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma — "Eco Expo Central Asia 2025" bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent davlat agrar universiteti ham ushbu xalqaro ko‘rgazmada o‘zining ekologik barqarorlik, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar, agroinnovatsiyalar va “yashil” taraqqiyot yo‘nalishlaridagi ilg‘or ishlanma va loyihalari bilan faol qatnashmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda 25 dan ortiq davlat vakillari, xalqaro ekspertlar, innovatsion startaplar va "yashil" texnologiyalar mualliflari ishtirok etmoqda. Universitetimiz vakillari kòrgazmada atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan agrotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi tizimlar, organik o‘g‘itlar haqida kòrgazma namoyish etmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.