logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rektori xorijda amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

view 240

Muloqotda Slovakiya, Italiya va Vengriya davlatlarida tajriba orttirayotgan talabalarning faoliyati, ularning ta’lim sifati hamda sharoitlari haqida so‘z yuritildi. Muloqot davomida talabalar xorijdagi ta’lim jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda duch kelayotgan ayrim muammolar haqida so‘z yuritdilar. Rektor ularning fikr-mulohazalarini diqqat bilan tinglab, bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Suhbat yakunida ular universitet tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar hamda berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlov uchun rektor va universitet jamoasiga minnatdorchilik izhor etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.