O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli shoir, adib, dramaturg, davlat va jamoat arbobi Erkin Samandar tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir hamda adibning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi hamda shoirning qizi S.Samandarovaga esdalik sovg‘alarini topshirdi. E.Samandarning “Dunyoning yoshligi”, “Osmonto‘la nur”, “Vafo degan gavhar”, “Mening yigit vaqtim” nomli asarlari, shuningdek, 20 ga yaqin she’riy kitoblari nashr qilingan.
Tadbir davomida adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi, uning she’rlariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universitetining 100dan ortiq talabalari ishtirok etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


