O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash va ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘ka va Quyi Chirchiq tumanlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda Toshkent davlat agrar universiteti vakillari faol ishtirok etib, ta’lim, ma’naviyat, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlar hamda yoshlar siyosati yo‘nalishlarida atroflicha tushuntirishlar berdi. Xususan, Bo‘ka tumanida “Ma’naviyat karvoni” doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, uzoq muddatli maqsadlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi hayotidagi ahamiyati keng muhokama qilindi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


