logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan “Yangi agronom” tizimi joriy etish bo‘yicha amaliy o‘rganishlar olib borildi

view 15

Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti dekani M. Djiyanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan O‘rtachirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan fermer va klaster xo‘jaliklarida “Yangi agronom” tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy o‘rganishlar olib borildi. Amaliy safar davomida mazkur tizim asosida bajarilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, yosh mutaxassislarni fermer xo‘jaliklariga biriktirish, ularning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirishga qaratilgan yondashuvlar baholandi. Shuningdek, universitet olimlari va mutaxassislari tomonidan fermerlarga ilmiy-amaliy tavsiyalar berilib, joylarda uchrayotgan muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, O‘rtachirchiq tumanidagi “Madonis Diamond”, “Turon” va “Istiqlol” fidoyi “ustoz” klaster hamda fermer xo‘jaliklariga “Yangi agronom” tizimi doirasida 10 nafardan ortiq talabani biriktirish imkoniyati mavjudligi xulosa qilindi.

Ushbu tizim kelajak agronomlarini yetishtirish, ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.