Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S.Isroilov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Sattorov, bosh yuriskonsult F.Jo‘rayev, Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Jabborov hamda axborot xizmati xodimi A.Jufinisova ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, ro‘yxatga olish jarayonlarini keng yoritib borish maqsadida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Toshkent davlat agrar universitetida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar ro‘yxatga olishning mohiyati, uning aholiga, qishloq xo‘jaligi sohasiga hamda davlat boshqaruvida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga xizmat qiluvchi statistik ma’lumotlarni shakllantirishdagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:



