Ohangaron tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, oilaviy daromadlarni oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbirlar izchil davom etmoqda.
Ushbu tumanning “Yangi hayot” mahallasi Nurafshon ko‘chasi 7-uyda yashovchi Shahboz Abdusamatxo‘jayev xonadonida “Xonadon obodligi tomorqadan boshlanadi” mavzusida tashkil etilgan amaliy seminarda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib borishdi.
Seminar davomida tomorqadan unumli foydalanish, ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

