logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi hamkorligida “Jadidlar” hujjatli filmini namoyishi boʻlib oʻtdi

view 200

Mazkur tadbirda universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Namoyish davomida ishtirokchilar xalqimizning ma’rifatparvar ajdodlari — jadidlarning hayoti, ularning millat ravnaqi yo‘lidagi jasorati, fidoyiligi va qat’iyati aks etgan tarixiy voqealar bilan yaqindan tanishdilar.

Film mazmuni talaba-yoshlarni milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani asrash, ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Tadbir yakunida esa film yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, jadidlar faoliyatining bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.