logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti zooinjeneriya fakulteti talabalari bilan amaliy sayyor dars o‘tkazildi

view 285

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti, Veterinariya meditsinasi kafedrasi assistenti A.Sh. Mamatqulov tomonidan sirtqi ta’lim yo‘nalishidagi veterinariya meditsinasi 21-127s guruh talabalari uchun 2025-yil 17-oktabr kuni universitet ilmiy-tajriba xo‘jaligida “Patologik anatomiya va veterinariya sud ekspertizasi” fanidan sayyor dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Dars savol-javob tarzida o‘tkazilib, talabalar hayvonlarda uchraydigan patologik o‘zgarishlar, ularning klinik belgilari, davolash va oldini olish choralari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Jarayonda talabalar bevosita hayvonlar bilan ishlash, ularni fiksatsiya qilish, qon olish hamda muolaja uchun dori vositalarini yuborish kabi amaliy mashg‘ulotlarni o‘z qo‘llari bilan bajarishdi. Mashg‘ulot talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va yakunda mavzu yuzasidan berilgan savollariga javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.