Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uni universitet birinchi prorektori J. Lapasov ochib berdi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Toshkent viloyati bosh mutaxassisi D. Maxmudov talabalarga turli yot oqimlarning zararli ta’siri, ularning asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali yoyilayotgani haqida ma’lumot berdi. Tadbirda 500 nafardan ortiq talabalar faol qatnashdi. Uchrashuv davomida Moturidiy ta’limoti yuzasidan tushunchalar berildi hamda talabalarga “Tinchlik qadri” nomli videorolik namoyish etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


