logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari masofaviy vata kechki ta’lim shakliga yo tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

view 210

Suhbat davomida talabgorlarning bilim darajasi, kasbiy salohiyati va tanlagan yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishlari sinovdan o‘tkazildi. Jarayon shaffof va adolatli tarzda, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilgan holda tashkil etildi. Ushbu suhbatlarda iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, axborot tizimlari va texnologiyalari, agronomiya hamda o‘simliklarni karantini va himoyasi yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar suhbatdan òtkazildi. Ular suhbat davomida o‘z kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari, amaliy bilimlari va kelgusidagi maqsadlari haqida so‘zlab berishdi.

Endilikda suhbat natijalari asosida Toshkent davlat agrar universiteti talabalar safi kengayadi. Kelgusida òz ilmiy darajasini mustahkamlab mamlakatimiz agrar soha rivojiga òz hissalarini qòshishadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.