Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi doirasida “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Tadbir davomida ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha 5 ta sho‘ba ish olib bordi. 1-sho‘ba-“Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi tizimlarini barqaror rivojlantirish masalalari” mavzusida o‘tkazilib, ushbu sho’bada unda iqlim o‘zgarishining agrar soha barqarorligiga ta’siri, moslashuv O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari R.J.Qarshiyev, Guangdong okean universiteti professori Sinyu Szyan, Chukurova universiteti professori Tunahan Erdem hamda respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari o’z maruzalari bilan ishtirok etishdi. Sho’bada ekologik samaradorlikni oshirish yo‘llari muhokama qilindi. 2-sho‘ba — “Barqaror o‘rmonchilik, tabiat va taraqqiyot uyg‘unligi” yo‘nalishida o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uhbu sho’bada Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari A.H.Hamzayev, Soner Kazaz — Ankara universiteti professori, Karimov Bolot Akimovich — O‘sh davlat universiteti professori va bir qancha yetakchi olimlar o’z maruzalari bilan ishtirok etishdi. 3-sho‘ba — “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ilm-fan va innovatsiyalarning ahamiyati” mavzusida ilmiy izlanishlar taqdim etildi. Xususan, Yo‘ldoshov Nurbek Ergashovich, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent viloyati filiali direktori, “Chorva mollarining gelmintoz kasalliklariga qarshi mahalliy antigelmint vositalar” bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlari haqida so‘z yuritdi. 4-sho‘ba — “Innovatsion agrotexnologiyalar, o‘simliklar himoyasi va tuproq degradatsiyasiga qarshi kurash” mavzusida o‘tkazilib, unda professor L. G‘afurova (O‘zbekiston Milliy universiteti) hamda A. Sagitov (Qozog‘iston Fanlar akademiyasi) o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 5-sho‘ba — “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi tizimlarini barqaror rivojlantirish masalalari” mavzusida o‘tkazilib, ushbu sho’bada Rossiya federatsiyasi, Tojikiston respublikasidan kelgan professorlar o’zaro fikr almashishdi. Unda iqlim o‘zgarishining agrar soha barqarorligiga ta’siri, moslashuv strategiyalari va ekologik samaradorlikni oshirish yo‘llari muhokama qilindi.
Konferensiya davomida ilmiy fikrlar almashinuvi, tajriba asosida shakllangan g‘oyalar va innovatsion takliflar ilgari surildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar global iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini kamaytirish, barqaror rivojlanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:



