logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Agro-Zamin yulduzlari” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

view 358

Tadbirni universitet rektori N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi. “Har qanday jamiyat va davlatning xalqparvarligi va adolati, xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati bilan o‘lchanadi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, ularning o‘qishi, ishlashi, salomatligi va oilaviy farovonligi uchun zarur sharoitlar yaratilib, imkoniyatlar kengaytirilmoqda”, — deya ta’kidladi. Mazkur tadbirda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Qadirxanova, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Abdikarimova, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi A. Axmedjanova, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi A. Mahmudova, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xotin-qizlar kengashi raisi F. Xojaeva, O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi qoshidagi Women Economy Progress Hub klubi eksperti N. Nazarova, shuningdek, Qibray tumani hokimligi vakillari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tanlovda universitetning 7 nafar iqtidorli va latofatli talaba-qizlari 2 ta shart asosida bellashdilar:
• Savol-javob
• Istiqbolli reja taqdimoti
Qibray tumani hokimligi hamda O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi qoshidagi Women Economy Progress Hub klubi tomonidan ishtirokchi qizlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
1-2-3-o’rinlarni egallagan talaba-qizlar bazaviy stipendiyaning 3, 4 va 5 barobari miqdorida universitet tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi. Shuningdek, faxrli birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar bilan tanishing:
1-o’rin Izbasarova Gulbanu Baxtjanovna —"O'rmon xo'jaligi va landshaft dizayn" fakulteti " dorivor o'simliklar" kafedrasi 1-bosqich magistranti.
2-o’rin Tursunaliyeva Mahliyo Kamoldin qizi — Ósimliklar himoyasi agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti biotexnologiya yònalishi 2-bosqich talabasi
3-o’rin To‘lqinova Sadoqat Dilshod qizi — Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishi 2- bosqich talabasi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.