O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, ro‘yxatga olish jarayonlarini keng yoritib borish maqsadida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Toshkent davlat agrar universitetida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S.Isroilov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Sattorov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti F.Jo‘rayev, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Jabborov hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati xodimi A.Jufinisovalar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadlar hamda statistika tizimining ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirishdagi roli batafsil tushuntirildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va mazkur jarayonlarda faol ishtirok etishlari zarurligi ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



