Toshkent davlat agrar universitetida yangi qad roslanagan “Renessans” nomli yangi ma’ruzalar majmuasini Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori J.Lapasov universitetimiz "Meva - sabzavotchilik va uzumchilik" fakulteti professor - óqituvchilariga yaqindan tanishtirdi. Bunda mazkur majmuada qishloq xójaligi mahsulotlari kórgazmasi tashkil qilinganligi, ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi tarixidan hikoya qiluvchi eksponatlar, noyob fotosuratlar hamda milliy agrar merosni aks ettiruvchi tasvirlar bilan boyitilganligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov ko‘rgazmani yuqori baholab: “Bu kichik ko‘rgazmani qishloq xo‘jaligining kichik muzeyi deb ataymiz,” — deya ta’kidlaganini etirof etdi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradovning “Biz yangi uyg‘onish — yangi Renessans davrini yaratishga harakat qilyapmiz,” degan fikrlari ham eslandi. Majmuada 5 ta zamonaviy ma’ruza zali mavjud bo‘lib, ular buyuk allomalar — Navoiy, Ulug‘bek, Beruniy, Xorazmiy va Farg‘oniy nomlari bilan ataladi.
“Qishloq xo‘jaligi sohasida qilinadigan ishlar ko‘p. Biz bu zamonaviy binolarni kelajak avlodga meros sifatida asrab avaylashimiz zarur.” bu borada Yurtboshimizning “Qishloq xo‘jaligini bilim, innovatsiya va texnologiya asosida rivojlantiramiz.” degan sòzlari har birimizni yanada kòproq harakat qilishga, yangidan yangi bilimlar òrganishga undaydi" deya sòzini yakunladi Universitet birinchi prorektori J.Lapasov.
Ijtimoiy tarmoqlar:


