logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan Besh muhim tashabbus doirasida tadbirlar o‘tkazildi

view 273

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni ma’naviy va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish maqsadida Besh muhim tashabbus doirasida qator ma’naviy, madaniy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida “O‘zbekiston va jahon” mavzusida ma’rifat darsi, intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari, osh pishirish tanlovi, milliy liboslar chellenji va korrupsiyaga qarshi targ‘ibot mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, talabalar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga va Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyiga tashrif buyurib, bilim va tarixiy xotiralarini boyitdilar.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi tashabbusi bilan kitob yarmarkasi, “Talaba xavfsizligi” mavzusidagi davra suhbati hamda ijtimoiy mazmundagi film namoyishlari o‘tkazildi.
Shuningdek, universitetning “Yangi yulduzlar” jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining oliy liga bosqichida faol ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.