logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida qizģin baxslar boshlandi

view 28

Toshkent davlat agrar universiteti sport majmuasida barcha fakultetlar o‘rtasida volleybol bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi. Ushbu "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalariga umumiy 3500 nafar talabani qamrab olish rejalashtirilgan bólib 4 kun mobaynida davom etadi. Valleybol bóyicha bugunning òzida 850 nafar har bir fakultetlardan 12nafardan talabalar qizģin baxslarda ishtirok etishdi.
Musobaqa jarayonlarida har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solib, chin ma’noda halol va murosasiz bahs olib borishdi. Òyin davomida maydon atrofidagi tomoshabinlarning kayfiyati yuqori darajada bòldi. Toshkent davlat agrar universiteti sport hayotida bo‘layotgan bunday tashabbuslar yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirishda muhim o‘rin tutadi.

Musobaqaning har bir ishtirokchisiga omad tilab, final bosqichlarida yanada keskin va hayajonli bahslarga guvoh bo‘lishimizga ishonamiz.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.