G‘oliblar olqishlar sadosi ostida gullar bilan qarshi olindi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Sultonov so‘zga chiqib, jamoa a’zolarini yutuq bilan tabrikladi va kelgusi olimpiadalarda omad tiladi. Bugun universitetda katta shodiyona sababi, 2002-yilda Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan kimyo fan olimpiadasidan so‘ng, 24 yildan keyin universitetimiz ushbu xalqaro natijani yana yangiladi.
Universitetimiz sharafini munosib himoya qilgan jamoamiz tarkibida matematika va kimyo fanlari bo‘yicha 12 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan ushbu xalqaro olimpiadada 10 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan 500 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Olimpiada individual va jamoaviy turlarda o‘tkazilib, rasmiy tili ingliz tili bo‘ldi. Zooinjeneriya fakulteti, Veterinariya meditsinasi yo‘nalishi 25-124-guruh talabasi A. Arabov faxrli 3-o‘rin bronza medali sohibi bo‘ldi.
Jamoa murabbiylari kimyo fani o‘qituvchisi F.Saitkulov va matematika fani o‘qituvchisi M.Xoliqova va jamoa azolari olimpiada jarayonidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Universitet professor òqituvchilari samimiy fikrlar bildirdi.
Universitetimiz jamoasini yana bir bor tabriklaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:



