logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

view 19

Universitetning Agroiqtisodiyot, Zooinjeneriya, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetlari, shuningdek, talabalar turar joylarida davra suhbatlari, “Kelajak soati” darslari va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Tadbirlarda turli yo‘nalish va bosqich talabalari faol ishtirok etib, Sohibqironning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, bunyodkorlik faoliyati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi keng yoritildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan Amir Temurning “Kuch — adolatda” tamoyili, uning jahon tamaddunidagi o‘rni va tarixiy merosi haqida batafsil tushunchalar berildi. Mashg‘ulotlar davomida sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, she’rlar o‘qildi, tarixiy asarlar asosida fikr almashildi hamda turli chellenjlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlar talaba-yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy merosga hurmat va ma’naviy yuksalish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.