Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO), OTFIV, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi hamda HEREs guruhi hamkorligida Erasmus+ 2025 Milliy Axborot kuni o‘tkazildi. Tadbir mamlakatning barcha hududlaridan OTMlar, xalqaro tashkilotlar va vazirliklar vakillarini birlashtirdi.
Tadbir davomida Erasmus+ dasturining ustuvor yo‘nalishlari va 2026-yilgi tanlov imkoniyatlari taqdim etildi, “Horizon Europe” doirasidagi MSCA dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi, Erasmus+ loyihalari yarmarkasi tashkil etildi, HEREs milliy ekspertlari samarali loyiha tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar berdi, EACEA vakili Mariya-Sol Domínges Parrado onlayn tarzda 2026-yilgi mezonlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida esa 2025-yilda tanlangan 6 ta CBHE loyihalarining sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli va yashil transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunga qadar O‘zbekistonning 91 ta OTMi 69 ta CBHE loyihasida ishtirok etgan (43 tasi yakunlangan, 26 tasi davom etmoqda).
Ijtimoiy tarmoqlar:



