Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan, hozirda nafaqada boʻlgan 1985-yilda “O’simliklarni himoya qilish fakulteti”ni tamomlagan bitiruvchilari diydorlashishdi. Ular talabalik yillarini, unutilmas va yodda qolarli damlarni eslashib, uzoq va maroqli suhbat qurishdi. Universitetimiz rektori N.Oblomuradov bilan uchrashib, muloqat qilishdi . Shundan sóng, Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan “Art Galereya” ko’rgazmasi bilan tanishdi hamda yangi o‘quv binolari va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tashrif buyurgan bitiruvchilarning quvonchlari cheksiz.
Shuncha yillardan soʻng bir-birlarini koʻrganlari uchun xursandchilikdan koʻzlari porlayotgandek goʻyo. Mazkur uchrashuv samimiyatga boy suhbatlar, quvonchli diydorlar, yoshlikni eslatuvchi lahzalar bitiruvchilar qalbida iliq tuyg‘ularni uyg‘otdi. Barchamizga ham shunday yillardan keyin shirin diydor nasib aylasin!
Ijtimoiy tarmoqlar:



