O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi , Toshkent shahri va viloyatlari boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent davlat agrar universitetida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos yong‘in va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv-taktik mashq tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar turar joyida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarda odamlarning hayotini saqlab qolish, moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish va yong‘inni qisqa fursatda bartaraf etish jarayonlari amalda sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, rahbarlar va shaxsiy tarkibning yong‘inlar vaqtida kuch va vositalarni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalari oshirildi, favqulodda vaziyatlarda jalb etiladigan kuch va vositalar imkoniyatlari, ularning taqsimoti hamda oqibatlarni bartaraf etish choralari bo‘yicha aniq hisob-kitoblar amalga oshirildi, yong‘in-qutqaruv ishlarini olib borish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tez yordam punktlariga yetkazish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


