Mazkur tadbirda mehmon sifatida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakili Raxmonberdiyeva Sitora Yusubbayevna, Viloyat Olima ayollar uyushmasi raisi Rashidova Dilbar Karimovna, Umumiy zootexniya va zootexnologiyalar kafedrasi professori, “Shuhrat” medali sohibasi Dosmuxammedova Muhayyo Xusnitdinovna, Toshkent viloyatidagi 100 nafar ixtirochi ayollar koordinatori Abdalova Guliston Nuranovna, Toshkent davlat agrar universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Shodmonova Gulnoza Erkinovna, “Olima qizlar” klubi sardori Erdanova Go‘zal Mirulug‘ovna, shuningdek, doktorant va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba-qizlar faol ishtirok etdilar. Davra suhbatida ilm-fan taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, ayol esa jamiyatning ma’naviy va intellektual tayanchi ekani alohida ta’kidlandi. Ayollarning ilmiy salohiyati to‘liq namoyon bo‘lgan jamiyatda barqarorlik, innovatsiya va ijtimoiy adolat mustahkam qaror topadi.
Mazkur davra suhbati yangi g‘oyalar, amaliy tashabbuslar va mustahkam hamkorlik uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


