O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida agrar va oziq-ovqat sohasida ta’lim olayotgan talabalar, mutaxassislar, tadqiqotchilar, pedagoglar va yoshlar uchun mo‘ljallangan “Insoniylik, axloq, ijodkorlik, tasavvur (HECI) yondashuvlari” nomli o‘quv qo‘llanmaning taqdimot marosimi tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov mazkur qo‘llanma zamonaviy ta’lim talablari asosida shaxsni nafaqat bilimli, balki insonparvar, mas’uliyatli, ijodiy fikrlovchi va keng tasavvurga ega etib shakllantirishga qaratilganini ta’kidladi. Qo‘llanmada nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar, real hayotiy misollar hamda samarali metodik tavsiyalar jamlangani qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi kotibiyat boshlig‘i Sh.Ergashev HECI yondashuvlari ta’lim va tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etishini, ushbu qo‘llanma axloqiy qadriyatlar, ijodiy tafakkur va yangicha yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Undan sòng tadbir oshtirokchilari "Renessans" maruzalar majmuasi bilan yaqindan tanishishdi. Majmua ichidagi galereya va qishloq xójaligi mahsulotlari kórgazmasi ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



