logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida iqtidorli talabalar uchun tashkil etilayotgan “Motivatsion uchrashuv” ning navbatdagi manzili Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti bo’ldi

view 49

Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetida doktorantura va iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Durxodjayev, fakultet dekani M. Djiyanov , shuningdek, universitet Yoshlar akademiyasi lideri S. Xojimurodov va fakultetning 100 dan ortiq iqtidorli talabalari ishtirokida navbatdagi "Motivatsion uchrashuv" bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalarga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomli hamda Davlat stipendiyalari, Toshkent davlat agrar universiteti ichki stipendiyalari tanlovlarining mazmun-mohiyati va ularning afzalliklari, Ilmiy-ijodiy va startap loyihalar, turli tanlovlarda faol ishtirok etish imkoniyatlari, Yoshlar akademiyasi faoliyati va uning talabalarga taqdim etadigan keng imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur uchrashuv iqtidorli talabalarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ularni yangi marralarni zabt etishga chorlash, hamda stipendiya va tanlovlarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.