Tadbirda universitet rektori N. Oblomuradov, ECOSF Prezidenti, professor Seyed Komail Tayebi, Ijro etuvchi direktor Dr. Ghulam Muhammad Memon hamda Dasturlar bo‘yicha menejer Mr. Khalil Raza ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida TDAU va ECOSF o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy alyanslar yaratish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari keng muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, yuqori texnologiyali va innovatsion yechimlarni iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish, yosh olim va tadqiqotchilarni tayyorlash, malaka oshirish dasturlari, ilmiy almashinuvlar, stipendiya va grantlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (ECO) a’zo bo‘lgan 10 davlat o‘rtasida barqaror iqtisodiy rivojlanish va mintaqa farovonligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. ECOSFning asosiy vazifasi ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va bilim almashinuvi sohalarida hamkorlikni kuchaytirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladigan ilmiy yechimlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Uchrashuv yakunida iqlim o‘zgarishi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, raqamli iqtisodiyot va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Tadbir so‘ngida Toshkent Davlat Agrar Universiteti rektori N. Oblomuradov ushbu hamkorlik universitet ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish va yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Rasmiy uchrashuvdan mehmonlar uchun universitetning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlardan iborat “Art Galereya” ko‘rgazmasini tomosha qilishdi. San’at asarlari mehmonlarda katta taassurot qoldirib, ular yosh ijodkorlarning iste’dodi va ijodiy salohiyatiga yuksak baho berdilar.
Shundan so‘ng, Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Renessans” ma’ruzalar majmuasi hamda bir qator fakultet binolari bilan yaqindan tanishildi. Mehmonlar universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim va ilm-fan rivoji yo‘lidagi islohotlarga yuqori baho berdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:




