TDAUda Janubiy Koreyaning Chungnam Milliy Universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro dastur doirasida seminar-trening o‘z ishini boshladi. Seminar-treningning asosiy maqsadi o‘quv dasturlarini yangilash, Xalqaro loyiha doirasida asosiy tuproqshunoslik fanini o‘qitish uchun zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, Ilmiy tajriba almashish, iqlim o'zgarishi sharoitida tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish hamda atrof-muhitni barqaror boshqarish, inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar va tajribalar bilan professor-o‘qituvchilarni tanishtirish.
Seminar-trening 2026-yilning 26-yanvar va 06-fevral kunlari davomida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar Chungnam Milliy Universitetining Tuproqshunoslik fakulteti professori Kim Seong-Cheol tomonidan olib borilmoqda. Ishtirokchilarga tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan ilmiy izlanish natijalari, zamonaviy metodologiyalar va xorijiy tavsiyalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Seminar yakunlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar yangi o‘quv dasturlari va innovatsion yondashuvlarni o‘z faoliyatlarida qo‘llaydilar. Tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar. O‘zbekiston agrar ta’limida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Mazkur seminar-trening universitet va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlab, o‘quv-ilmiy jarayonni yanada rivojlantirishga zamin yaratadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


