logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida maʼrifat darsi bo‘lib o‘tdi

view 252

Toshkent davlat agrar universitetida “Kelajak soati” loyihasi doirasida navbatdagi “Maʼrifat darsi” o‘tkazildi. Ushbu dars “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusiga bag‘ishlanib, talabalar ongida zo‘ravonlikning turlari, uning oqibatlari hamda oldini olish choralari haqida tushuncha berishga qaratildi. Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov olib bordi. Maʼrifiy darsning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida ongli fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, ijtimoiy mas’uliyat, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va madaniy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Dars davomida zo‘ravonlikning shakllari, undan himoyalanish yo‘llari, shuningdek, tegishli tashkilot va mas’ullarga murojaat qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mashg‘ulot jarayoni videolavhalar, interaktiv usullar, munozaralar va savol-javoblar bilan boyitildi. Talabalar fikr almashinuvi orqali mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.