Toshkent davlat agrar universitetining O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Komplaens nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi A. Xayitov, fakultet professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Suhbatda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi profilaktika choralari, shuningdek, universitetda adolatli ta’lim muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi. A. Xayitov zamonaviy nazorat mexanizmlari va huquqiy madaniyatni oshirish usullari haqida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar o‘z fikrlarini bildirdi va amaliy takliflar ishlab chiqildi. Universitet bunday suhbatlar orqali halollik va adolat tamoyillariga asoslangan ta’lim muhitini yaratishni davom ettiradi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

