Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi, dekan o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari, “Aksilkorrupsiya” kovorking markazi a’zolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish talaba yoshlar klubi a’zolari, universitet matbuot xizmati, Doktorantura va iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Yoshlar ittifoqi, “Aksilkorrupsiya” kovorking markazi faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, talabalarni “Korrupsiyaga qarshi virtual akademiya” elektron platformasida o‘qishini tizimli yo‘lga qo‘yish, universitet hududlarida korrupsiyaga qarshi kurashish burchaklarini tashkil etish kabi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


