Tadbir davomida talabalar uchun korrupsiya holatlari haqida xabar berish tartibi va anonim murojaat imkoniyatlari bo‘yicha tushuntirish berib o‘tildi. Jumladan, talabalar korrupsiyaga oid holatlarga duch kelgan taqdirda quyidagi tartibda murojaat qilishlari tushuntirildi:
Ta’lim muassasasi rahbariyatiga yozma yoki og‘zaki ravishda murojaat qilish; Ishonch telefonlari orqali xabar berish; Rasmiy veb-saytlar yoki elektron platformalar orqali ariza yuborish; Talabalar xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish maqsadida universitetda yaratilgan “TDAU antikor” maxsus telegram-botlar orqali shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etmagan holda xabar berish mumkinligi.
Bu mexanizm talabalarni qo‘rquv va bosimsiz ravishda o‘z fikrini bildirishga imkoniyat beradi, har bir anonim murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi, ularning maxfiyligi ta’minlanadi va murojaat qilgan shaxsni ta’qib qilish yoki unga nisbatan bosim o‘tkazish oldi olinadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


