Toshkent davlat agrar universitetining “Mevachilik va uzumchilik” kafedrasi dotsenti D.Janakova tomonidan “O‘simliklar himoyasi va karantin” yo‘nalishi 23-32 (i) guruh talabalari uchun “Mevachilik va sabzavotchilik” fanidan “Mevali o‘simliklarni yetishtirishda sug‘orish suv me’yorlarini hisoblash” mavzusida sayyor dars o‘tkazildi. Dars universitetning O‘quv-ilmiy tajriba bo‘limida tashkil etilib, talabalarga nazariy bilimlarini amaliy jarayon bilan uyg‘unlashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda mevali daraxtlarni yetishtirishda sug‘orish me’yorlarini to‘g‘ri belgilash bo‘yicha muhim tavsiyalar aytildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar suv miqdorini hisoblash, o‘simliklarning o‘sish bosqichlariga qarab sug‘orish rejimini aniqlash hamda dala sharoitida bu jarayonni kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

