logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida mutaxassislar va talaba qizlar ishtirokida “Birgalikda hayot uchun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

view 28

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-19-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda insonlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan yirik donorlik aksiyasi doirasida talaba qizlar uchun mutaxassislar ishtirokida donorlikni targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Birgalikda hayot uchun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga donorlikning inson salomatligidagi muhim o‘rni, qonning bebaho ne’mat ekani, hatto uning bir tomchisi og‘ir ahvoldagi bemor hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Mazkur tadbir talaba-qizlarda insonparvarlik, saxovat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.