logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida navbatdagi ilmiy kengashning 8-9-sonli yiģilishi bólib ótdi

view 180

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda mamlakatimiz bo‘ylab 60 mingdan ortiq yoshlar vakillari ishtirok etdi hamda yoshlarning bandligi, tadbirkorligi, ta’limi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi. Shu munosabat bilan Toshkent davlat agrar universitetida universitet rektori N.Oblomuradov tomonidan ushbu uchrashuvda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi. Unda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish, innovatsion startaplarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, dual ta’limni kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Universitet Kengashi qaroriga ko‘ra, talabalar va yosh olimlarning agrar sohadagi startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, dual ta’lim tizimini kengaytirish, xalqaro akademik mobil­likni rivojlantirish hamda talabalar o‘rtasida volontyorlik harakatini faollashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, universitetda “Eng yaxshi agrar startap” tanlovini o‘tkazish, “Book cafe” formatidagi zamonaviy kutubxona muhitini yaratish hamda talabalar bandligini ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbuslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kengash davomida niversitetning 2026-yilgi moliyaviy faoliyati, xalqaro loyihalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar yuzasidan axborotlar tinglandi. Shuningdek, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish, kafedralardagi ilmiy to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish, fakultetlarda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati muhokama qilindi. Turli masalalar doirasida 2026-yil bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislarini tasdiqlash, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan darslik va ilmiy monografiyalarni nashrga tavsiya etish, dissertatsiya mavzulari hamda ilmiy rahbarlarni tasdiqlash, ilmiy etika va plagiatning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, universitet faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birga universitetimizning Ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblarini, Xalqaro kimyo va matematika fan olimpiadasi g‘oliblarini, “Mening agrostartap loyiham” tanlovining universitet bosqichi g‘oliblarini hamda “Yilning eng faol fakultet dekani, dekan o‘rinbosari, fakultet koordinatori” nominatsiyalari bo‘yicha universitet bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bòlib òtdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.