logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Oltin kuz” festivali doirasida ijodiy plener tashkil etildi

view 139

Toshkent davlat agrar universiteti o‘zining 95 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro miqyosda keng ko‘lamli tadbirlarni tashkil etmoqda. Shulardan biri – kuni kecha “Oltin kuz” Xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali dasturi doirasida universitet hududida ijodiy plener bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy va xorijiy rassomlar, ijodkorlar hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etib, Toshkent davlat agrar universitetining to‘rt hududida manzaralarni tasvirga oldilar. Bugun esa festival doirasidagi ijodiy safar davom ettirilib, ishtirokchilar Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, uning betakror tabiati va rang-barang manzaralaridan ilhom oldilar.

Mazkur jarayon Toshkent davlat agrar universitetining nafaqat ta’lim va ilmiy sohada, balki madaniyat va san’at yo‘nalishida ham faol hamkorlikni rivojlantirayotganidan dalolat beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

“Qishloq hayoti” gazetasining 2025-yil 16-oktabrdagi 41-sonida Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradovning korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olish hamda adolatli ta’lim muhitini shakllantirish borasidagi murojaati e’lon qilindi
Jarayon

5-dekabr — Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti vakillari O‘zbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida“ professor M.Bahodirovning o‘zbek tuproqshunoslik fani taraqqiyotining ilmiy meroslari va uning hozirgi global zamondagi ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etishdi

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.