logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining Yoshlar akademiyasi lideri S. Xojimurodov hamda universitet iqtidorli talabalari Yoshlar Akademiyasi Assambleyasida faol qatnashdi.

view 129

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Fanlar akdemiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, Nobel mukofoti laureati Rik Leymans ishtirok etdilar. Ushbu tadbirda 130 nafardan ortiq Yoshlar Akademiyasi liderlari, “Eng yaxshi muhandis” respublika tanlovi g‘oliblari hamda Yoshlar Akademiyasining faol a’zolari qatnashdilar. Assambleyaning kun tartibida Yoshlar Akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni almashish, hududlardagi yoshlar bilan ishlash mexanizmlarini kuchaytirish masalalari hamda tashkilotning kelgusi yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.